Madridning “Real” klubi Federiko Valverdega nisbatan qo'yilgan diskvalifikatsiyani apellyatsiya berish orqali qisqartirmoqchi.
AS xabariga ko'ra, "Real Madrid" sudyaning qaroridan qoniqmayapti va unga qarshi chiqish niyatida. "Real Madrid" advokatlarining fikricha, 24 yoshli yarim himoyachiga qarshi da'vo qo'zg'atishda ikkilamchi dalillar inobatga olingan, natijada to'g'ridan-to'g'ri dalillar mavjud bo'lmagan ayrim faktlar ishonchli deb topilgan.
Xabar qilinishicha, klub Federiko Valverde ishi bo'yicha qaror ustidan allaqachon apellyatsiya tayyorlamoqda.