"Selta" yarim himoyachisi Gabri Veyga "PSJ"ga o'tishi mumkin.
Parijliklar avvalroq xabar qilinganidek, yaqinda ispaniyalik futbolchi uchun kurashga qo'shildi.
Jurnalist Jeykob Shtaynbergning yozishicha, bugun parijliklar 21 yoshli futbolchi uchun bahsda "Manchester Siti", "Chelsi" va "Liverpul" jamoalarini ortda qoldirmoqda. Shu bilan birga, "PSJ" rahbariyati hali yosh yarim himoyachining shartnomasida ko'rsatilgan 40 million evro miqdoridagi tovon pulini faollashtirishga rozi bo'lmagan.
Transfermarkt portali Gabri Veyganing narxini 30 million evroga baholamoqda. So'nggi mavsumda u La Ligada 36 o'yinda 11 gol va 4 golga assistentlik qilgan.