"Chelsi" va "PSJ" klublarining sobiq bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Real"ni boshqarishni istamoqda.
Jurnalist Gari Jeykobning yozishicha, germaniyalik mutaxassis favqulodda vaziyatlarda "qirollik klubi"ga tayinlanishga tayyor bo'lishi uchun ayni paytda ispan tilini o'rganmoqda.
Hozir "Real" amaldagi bosh murabbiy Karlo Anchelottini iste'foga chiqarish variantini ko'rib chiqmoqda. Italiyalik murabbiyning "qaymoqranglilar" bilan shartnomasi tugashiga bir yil qolgan, ammo rahbariyat natijalardan norozi va murabbiyni almashtirish haqida o'ylamoqda.
Eslatib o'tamiz, Tuxelning o'zi avvalroq "Real" bosh murabbiyi lavozimiga da'vogarlar ro'yxatida paydo bo'lmagan. Bu pozitsiya uchun favorit sifatida hamon "Kastilya" ustozi va “qaymoqranglilar”ning sobiq sardori Raul Gonsales hisoblanadi.