"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Karim Benzemaning formasi o'tgan mavsumga nisbatan keskin yomonlashganini tan oldi.
Jurnalist Gilermo Rayning so'zlariga ko'ra, Anchelotti Benzemaning mashg'ulotlar darajasi keskin o'zgargan deb hisoblamoqda. Italiyalik murabbiylar shtabi ham shunday fikrda. Eslatib o'tamiz, joriy mavsum davomida Benzema birdaniga bir nechta jarohatlar oldi va joriy mavsumda 9 ta o'yinni o'tkazib yubordi.
Mavsum oxirida Karimning "Real" bilan shartnomasi tugaydi. Tomonlar hamkorlikni uzaytiradimi yoki yo'qmi hozircha ma'lum emas.