"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich kelasi mavsumda jamoada qolish uchun reytingni pasaytirishga rozi bo'lishi mumkin.
Jurnalist Tomas Gonsalesning so'zlariga ko'ra, xorvatiyalik futbolchi keyingi mavsumda zaxira futbolchisi bo'lishga tayyor, chunki u “Santyago Bernabeu”da qolishni istaydi.
Potentsial yangi rolga qaramay, Modrich jamoada asosiy tarkib uchun kurashadi. Lukaning zahiraga o'tishiga munosabati Dortmundning "Borussiya" jamoasidan Jud Bellingemning yozgi transferi bilan bog'liq bo'lishi mumkin.