FiveThirtyEight algoritmi asosida ishlaydigan superkompyuter Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi javob o'yinlari oldidan turnirda g'oliblik uchun da'vogarlar reytingiga biroz o'zgartirish kiritdi.
Hisob-kitoblarga ko'ra, "Bavariya" ham Chempionlar ligasining asosiy favoriti deb hisoblanmoqda. Myunxenliklarning turnirda g'olib chiqish ehtimoli 23 foiz deya baholandi. Ikkinchi pog'onadagi "Manchester Siti"ning imkoniyatlari esa 21 foiz deya chamalandi.
Bu borada "Real"ning imkoniyatlari 14 % sifatida baholangan bo'lsa, “Napoli” 11 foiz bilan 4-pog'onaga tushdi (avvalroq 3-o'rinda edi).
Superkompyuter, kutilmaganda, "Benfika"ni kuchli beshlikka kiritdi — 7 foiz.
Quyida barcha klublarning imkoniyatlari bilan tanishing.