"Real Madrid" vingeri Eden Azar 2024 yilda shartnomasi tugaguncha jamoani tark etish niyatida emas.
Bernabeu Digital nashrining xabar berishicha, 32 yoshli futbolchi fevral oyida "Real" rahbarlari bilan uchrashgan va prezident Florentino Peresga 2024 yilgacha jamoada qolish istagini bildirgan. Belgiyalik boshqa klublar bilan muzokaralar olib bormayapti.
Manbaga ko'ra, Azar uchun birinchi o'rinda yaqinlari baxti turibdi. Futbolchining oilasi Madridda juda qulay va uning o'g'illaridan biri yaqinda “Real Madrid” akademiyasiga kelib qo'shildi.
Oldinroq jamoada bosh murabbiy o'zgarsa, qanot hujumchisi Madrid klubida o'ynashda davom etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Futbolchi 2019 yilning iyulidan beri "Real"da to'p tepmoqda. 2022/23 yilgi mavsumda u jamoa safida 7 ta o'yinda 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.