"Barselona" yarim himoyachisi Usmon Dembele "Real"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.
Kataloniya klubi vingeri La Liganing 19-turidan o'rin olgan "Jirona"ga qarshi o'yinda (1:0) jarohat olib, 26-daqiqada almashtirilgandi.
Qayd etilishicha, frantsiyalik futbolchining tiklanish jarayoni kutilganidan sekinroq kechmoqda.
Dembelening 19 mart kuni bo'lib o'tadigan Ispaniya chempionatida "Real" bilan "El-Klasiko"da ishtirok etishi so'roq ostida.
25 yoshli vinger joriy mavsumda "Barselona" safida 28 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.