"Fenerbaxche" bosh murabbiyi Jorje Jezus "Sevilya"ni "Real"ga qiyosladi.
Jamoalar Evropa ligasining 1/8 final uchrashuvida to'qnash kelishadi.
"Ha, men Evropa ligasi finalida penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldim. "Sevilya" bilan unchalik xursand bo'lmagan voqeam bor (2014 yilda Jezus boshchiligidagi "Benfika" turnir finalida ispanlarga mag'lub bo'lgan - muallif).
Bu musobaqada eng ko'p unvonga ega bo'lgan jamoa. "Sevilya" Evropa ligasining "Real Madrid" jamoasi.
Biz nimalarga qodir ekanimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. Birinchi o'yinga katta ishonch bilan tashrif buyuramiz", - dedi turk klubi bosh murabbiyi.