“Real” yarim himoyachisi Luka Modrich mavsum yakunida “Qirollik klubi”ni tark etishga yaqin turibdi. Jurnalist Santi Aunaning fikricha, ayni damda "Real Madrid" rahbariyati xorvatni shartnomani uzaytirishdan ko'ra erkin agent sifatida qo'yib yuborishga ko'proq moyil.
Eslatib o'tamiz, 37 yoshli Modrich avvalroq shartnomani uzaytirish uchun yaxshi imkoniyatlarga ega edi, biroq futbolchi so'nggi paytlarda La Liga o'yinlarida kamdan-kam asosiy tarkibda maydonga tushayotgani uchun rahbariyat Lukaning jamoadagi istiqboliga boshqacha qaramoqda.
Oldinroq Modrich faoliyatini "Real Madrid" tarkibida tugatish istagi borligini ma'lum qilgandi. Ammo futbolchining shartnomasi uzaytirilmasa, Saudiya Arabistoniga ketishi mumkin.