La Liga Evropaning eng zo'r vingerlari bilan maqtanayapti, bu ajoyib dribling mahoratiga ega, biz ularni muntazam ravishda liga o'yinlarida ko'ramiz. La liganing eng kuchli dribling ustasi nomini taxmin qilish mumkin. Ammo kuchli 5likda siz tanimagan nomlar ham mavjud.
5. Ferran Torres ("Barselona") – har bir o'yinda 2,6 dribling.
Xa, kuchli 5likda "Barselona" futbolchisini ko'rish ajablanarli emas. Ammo Dembele va Rafinya singari kuchli dribbling sohiblari orasida, Ferran ulardan ko'ra ko'proq dribling ishlatgan bo'lib chiqmoqda. Gol urishni belmaydigan deya ta'riflanayotgan futbolchi bu mavsum kam vaqt maydonda harakat qilgan bo'lsa-da ushbu ro'yxatda peshqadamlar qatoridan joy olmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri ispaniyalik vinger "Kadis"ga qarshi o'yinda 12 bor dribling ishlatgan va uning 10tasi muvaffaqiyatli chiqqan. Messining eng gullagan davridagi o'yinini Ferran bir marta hech bo'lmasa driblingida ko'rsata olibdi.
4. Yan Kouto ("Jirona") – har bir o'yinda 2,6 dribling.
"Jirona"da qandaydir iqtidorli futbolchi ko'rsangiz, bilingki u "Manchester Siti"ga aloqador futbolchi bo'ladi. U yoki "Siti" umidlarni oqlay olmay ketgan, yoki o'zini ko'rsatishi va o'yin amaliyoti uchun ijaraga berilgan bo'lib chiqadi. Odatda ijara manzili ham aniq - "Jirona". Ikki klubning hamkorligi tufayli Yan Kouto "Jirona"da o'ynamoqda va u asli "Man Siti"ga tegishli futbolchi. Kouto 2002 yil Braziliyada tug'ilgan. Uning asl pozitsiyasi markaziy yarim himoyachi. Bundan kelib chiqsak, Pep istaydigan yarim himoyachi "Jirona"da etilib kelmoqda. Kuzatamiz, balki Kouto keyingi mavsumdan "shaharliklar" tarkibida paydo bo'lar.
3. Adrian Embarba ("Almeriya") - har bir o'yinda 2,9 dribling.
Ushbu ro'yxatdagi qariya bu mavsumni yaxshi o'tkazmoqda. 1992 yil Ispaniyada tug'ilgan futbolchi "Almeriya"da eng yaxshilardan biri bo'lib kelmoqda. Umuman olganda ispaniyalikning o'yin vaqti nisbatan kamroq va bu uning harakatchanligi bilan bog'liq deya baholanmoqda. Embarba 20 o'yinning 9tasida zahiradan maydonga tushgan. Uning yana bir ustunligi kalit uzatmalarini ham ko'p bor amalga oshiradi. Ammo jamoada super goleador yo'qligi sababli ham uning statistikasi va foydali ish koeffitsienti past ko'riladi.
2. Samuel Chukvueze ("Vilyarreal") – har bir o'yinga 3,1 dribling.
Ushbu futbolchi hamon "sariq submarina" tarkibida ekanligi ajablanarli. Iqtidorli va yosh futbolchini haligacha hech bir grand jamoa o'z safiga qo'shib olishga shoshilgani yo'q. 1999 yilda tug'ilgan nigeriyalik futbolchi nafaqat dribling soni ko'pligida, balki muvaffaqiyatliligida ham ikkinchi pog'onada bormoqda. Mavsum davomida 3 gol va 5 assistni o'z hisobiga yozishga ulgurgan Samuning transfer narxi 21 million evroga baholanmoqda.
1. Vinisius Junior (“Real Madrid”) – har bir o'yinda 3,2 dribling.
Albatta bu yo'nalishda Vinisiusdan boshqa futbolchi etakchilik qilishi qiyin. Braziliyalik nafaqat La ligada balki Evropadagi eng yaxshi vingerlardan biri hisoblanadi. Menimcha, u aniqlik ustida yana ham ishlasa, jamoaga Mbappe kerak bo'lmaydi.