Karlo Anchelotti jamoa sovrinlarni qo'lga kiritgan taqdirda ham "Real"dan haydalishi mumkin.
El Larguero nashriga ko'ra, 63 yoshli mutaxassisning "Real"dagi kelajagi tobora yakunlanib bormoqda.
So'nggi haftalarda Anchelotti xavotir va bezovta ko'rinmoqda. Kiyinish xonasida hamjihatlik yo'q, Anchelottining qarorlari esa jamoadagi muhitning buzilishiga sabab bo'lmoqda.
Vaziyatga Eduardo Kamavinga chap qanot himoyasida sinab ko'rilgani, shuningdek, Aurelien Tchuameni kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan ta'sir ko'rsatdi. Qolaversa, muhitni Marko Asensio va Dani Sebalosning maydonga etarlicha tushmayotgani ham buzmoqda.
Anchelotti biladiki, bu mavsumda sovrinlar yo'qligi uning iste'fosiga olib kelishi mumkin. Biroq voqealarning boshqacha rivojlanishi ham mumkin, hatto qo'lga kiritilgan sovrin ham Karloga "Real"dagi ishini saqlab qolish uchun etarli bo'lmasligi mumkin.
Braziliya terma jamoasi Anchelotti atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Agar u "Real"ni tark etsa, bosh murabbiylik lavozimiga tayinlanishi mumkin.