Guti Xvicha Kvaratsxeliyani "Real"ga o'tishga undadi va unga imzo qo'yilgan forma va'da qildi.
Avvalroq, "Napoli" vingeri Guti bolaligidayoq uning kumiri ekanligini bir necha bor aytgan edi.
"Men Kvaratsxeliyaning kumiri ekanligimni ham bilmasdim! Xvicha, "Real"ga bor! Keyin men sizga imzo qo'yilgan futbolka yuboraman", - dedi sobiq Madrid futbolchisi El Chiringuito telekanalida.
Xvicha joriy mavsum "Napoli" safida barcha turnirlar doirasida 27 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.