«Real Madrid» yarim himoyachisi Marko Asensio «Barselona»ga o'tish haqida o'ylab ko'rishga tayyor. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.
Asensioning «Real»dagi kelajagi so'roq ostida. Uning shartnomasi 2022/2023 yilgi mavsum oxirida yakuniga etadi.
Yarim himoyachi «Real»ning oldingi ikkita o'yinini o'tkazib yuborgan. Ispaniya chempionati doirasidagi «Betis» bilan o'yinda (0:0) bosh murabbiy Karlo Anchelotti futbolchiga 30 daqiqadan ko'proq vaqt mobaynida chigal-yozdi mashg'uloti uchun imkon berdi, lekin maydonga tashlamadi, bu esa futbolchining noroziligiga sabab bo'ldi.
«Barselona» vaziyatni kuzatib bormoqda va Markoni qo'lga kiritishga urinib ko'rishi mumkin, futbolchining o'zi esa bu taklifni ko'rib chiqishga tayyor.
Yarim himoyachiga «Barselona»dan tashqari «Milan» va Londonning «Arsenal» klublari ham qiziqish bildirmoqda.