"Fiorentina" hujumchisi Luka Yovich nima uchun "Real"da o'ynay olmaganini aytdi.
"Men "Ayntraxt"ni juda erta tark etdim va "Real"ga kelganimda hammaning e'tibori menda edi. Dunyoning eng yaxshi klubiga moslashish juda qiyin. Jarohatlar va koronavirus tufayli men nohaq bosim ostida qoldim. Bu juda achinarli tajriba edi. "Fiorentina"da men rivojlana olaman, bu mavsumda g'alaba qozonish va Konferentsiyalar ligasida g'alaba qozonish uchun bizda hamma narsa bor", - dedi Yovich La Repubblica bilan suhbatda.
Yovich "Real"ga 2019 yilda Frankfurtning "Ayntraxt" klubidan 63 million evro evaziga o'tgan edi.
Madridliklar safida u 51 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
2022 yilning yozida serbiyalik hujumchi erkin agent sifatida “qaymoqranglilar”ni tark etgandi.