Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti shartnomasi mavsum oxirida tugaydigan yarim himoyachi Marko Asensioga bo'lgan ishonchni yo'qotmoqda.
Deportes Cuatro nashri xabariga ko'ra, italiyalik mutaxassis Asensioni erkin agent sifatida qo'yib yuborish va La Ligada 18 daqiqada bitta gol va bitta golli uzatmaga ega bo'lgan 18 yoshli Alvaro Rodrigesga ishonishni o'ylamoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Real" Asensio bilan yangi shartnoma masalasida murosaga kelishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, Markoning kelajagi hozircha qorong'u.
Anchelotti mavsum oxirida o'z lavozimini tark etsa, vaziyat o'zgarishi mumkin. Avvalroq, sobiq hujumchi Raul Gonsales jamoaning yangi murabbiyi bo'lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.