Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liganing 24-turida “Betis”ga qarshi kechgan durang (0:0) haqida fikr bildirdi.
"Hammasini yaxshiroq qilish mumkin edi, hujumda samaraliroq o'ynash mumkin edi. Himoyada yaxshi o'ynadik, chiziqlar o'rtasida yaxshi harakat qildik, ammo samaradorlik etishmadi. Ba'zida raqib yopiladi, lekin bizda ma'lum daraja bor, biz yaxshiroq o'ynashimiz kerak. Ko'proq samaradorlik, kamroq dribling, ko'proq o'ynash kerak, balki uzoqdan zarba berish kerakdir. La Ligada g'alaba qozonish ehtimoli bormi? Ha, bor. Buni haqiqiy emas deb ayta olmaysiz. Bu juda qiyin, ammo oxirigacha kurashishimizga shubham yo'q", - dedi Anchelotti Marca bilan suhbatda.