"Real" klubi "Tottenhem" yarimhimoyachisi Dele Allining o'yinlarini kuzatib bormoqda.
Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, klub prezidenti Florentino Peres 21 yoshli futbolchini kelajakda qo'lga kiritishni niyat qilib qo'ygan.
Hozircha, "qaymoqlilar" yarimhimoya ichizig'da muammoga duch kelmagan. Shu tufayli, Dele Allining transferi kechiktirilmoqda. Biroq, Luka Modrichning yoshini inobatga oladigan bo'lsak, "Real" prezidenti o'z niyatini 2018 yil yozida ro'yobga chiqarishi mumkin.