Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» Andalusiyada qoqildi va «Barsa» bilan farq yana oshdi

Ispaniya chempionatning 24-turida “Real” 5 mart, yakshanba kuni “Betis” maydonida mehmon bo'ldi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatning 24-turida “Real” 5 mart, yakshanba kuni “Betis” maydonida mehmon bo'ldi.

Birinchi bo'limda o'yin nazorati madridliklar tomonida bo'ldi, biroq Karlo Anchelotti shogirdlari raqib darvozasi tomon yo'l topolmadi. Ikkinchi bo'limda ham “Real” vakillari katta ustunlikka ega bo'lishiga qaramay, to'p kiritishning uddasidan chiqmadi. O'z navbatida, andalusiyaliklar ham matonatli o'yin namoyish etishdi hamda yuzaga kelgan 2-3 ta vaziyatni golga aylantira olishmadi.

Shu tariqa, ketma-ket ikkinchi turda ochko yo'qotgan “Real”ning peshqadam “Barselona” bilan ochkolardagi farqi 9 taga etdi. Keyingi turda “qaymoqranglilar” “Espanol”ga qarshi bahs olib boradi.

La liga, 24-tur bahslari
5 mart, yakshanba
“Betis” – “Real Madrid” 0:0
“Betis”: Bravo, Sabali, Pesselya, Luis Felipe, Miranda (Abner, 87), Ruibal (Xoakin, 87), Vilyam Karvalyu (Guardado, 80), Rodriges, Rodri, Peres (Luis Enrike, 71), Iglesias (Villian Joze, 71).
“Real Madrid”: Kurtua, Ryudiger, Militao, Valverde, Kamavinga (Nacho, 63), Kroos (Rodriges, 87), Tchuameni (Sebalos, 64), Vaskes (Karvaxal, 59), Benzema, Rodrigo, Vinisius Junior.
Ogohlantirishlar: Kamavinga (25), Vilyam Karvalyu (45), Sabali (51), Iglesias (51), Rodrigo (59), Militao (59), Vinisius Junior (84).

BestMaster
6 Mart 2023, 03:20
liga, «real», andalusiyada, qoqildi, «barsa», bilan, farq, yana, oshdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads