Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim himoyachi Aurelien Tchuamenining pasayishiga izoh berdi.
Eslatib o'tamiz, frantsiyalik futbolchi o'tgan yozda 80 million evro evaziga "qirollik klubi"ga o'tgan edi.
"Mavsumning birinchi yarmida Tchuameni qanchalik yaxshi o'ynaganini unutmaylik. U tez moslashishi bilan hayratda qoldirdi. U aql bovar qilmas darajada edi. Ishonchim komilki, Aurelien tez orada o'zining eng yaxshi formasiga qaytadi. Bunga shubham yo'q», - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, mavsum o'rtalarida Tchuameni Frantsiya terma jamoasi safida jahon chempionatida ishtirok etgandi. Yarim himoyachi turnirni yaxshi o'tkazdi, biroq Argentinaga qarshi final o'yinidan keyingi seriyada penaltidan foydalana olmadi.