"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes Ispaniya chempionatining navbatdagi turida "Valensiya"ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Eslatib o'tamiz, jamoalar ertaga "Kamp Nou"da o'zaro bahs olib borishadi.
"Biz "Valensiya"ning yaxshi himoyalanishini kutamiz. Ular juda agressiv va shiddatli o'ynashadi. Umid qilamizki, biz ustunlik qilamiz va ko'plab golli vaziyatlar yaratamiz. Shubhasiz, biz g'alaba qozonishni xohlaymiz", - dedi Xavi matbuot anjumanida.
"Barselona" hozirda La Liga chempionligi uchun kurashda eng yaqin ta'qibchisidan 7 ochko oldinda. Kataloniya jamoasi oxirgi marta chempionlikni 2019 yilda qo'lga kiritgan.