"Real"ning sobiq hujumchisi Raul Gonsales tez orada jamoani boshqarishi mumkin. ABC xabariga ko'ra, ispaniyalik sobiq futbolchi yangi yildagi natijalardan so'ng rahbariyat tomonidan ishonchini yo'qotgan Karlo Anchelotti o'rniga favoritlardan biri hisoblanadi.
Raul qariyb 4 yildan beri "Real Kastilya"ni boshqarib kelmoqda. 45 yoshli mutaxassis Anchelotti o'rnini bosadigan favoritlardan biri sanaladi.
Avvalroq, hozirda “Bayer”ni boshqarayotgan Xabi Alonso “Real”ga tayinlanishi haqida ham mish-mishlar tarqalgan edi. Ispaniya chempionatida “qirollik klubi” peshqadam “Barselona”dan 7 ochkoga ortda qolmoqda.