Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ispaniya kubogi. Yarim finaldan o'rin olgan «el-klasiko»dagi raqamlar va faktlar

Ispaniya Kubogi yarim finalining birinchi o'yinida “Barselona” “Real” ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya Kubogi yarim finalining birinchi o'yinida “Barselona” “Real” ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

“Barselona” “Real” maydonidagi Ispaniya Kubogi doirasidagi bahslarda mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi. Madridliklar so'nggi bor o'z maydonida “ko'k-anorranglilar”ni 1970 yilgi musobaqaning chorak finalida mag'lub etgandi. Shundan buyon 3 ta o'yinda kataloniyaliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, yana 3 o'yinda durang natija qayd etilgan.  

Shuningdek, “Real” joriy mavsum ilk bor “Santyago Bernabeu”da mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Bunga qadar Karlo Anchelotti shogirdlari 11 ta o'yinda zafar quchgan va 3 ta durang qayd etgandi.

“Qaymoqranglilar” “Barselona” darvozasi tomon 13 ta zarba bergan va ularning hech biri aniq bo'lmagan. Xavi shogirdlarida esa 4 ta zarba va ularning 2 tasi darvoza tomon borgan.

“Real”ning to'pga egalik qilish ko'rsatkichi 64,7% bo'lgan bo'lsa, “Barselona”niki 35,3%. Madridliklar uchun bu 2013/14 yilgi mavsumdan keyingi eng yuqori ko'rsatkich.

“Barselona” so'nggi 4 ta “El-klasiko”ning 3 tasida g'alaba qozondi. Bunga qadar Kataloniya jamoasi Ispaniya Superkubogida 3:1 hisobida zafar quchgandi va o'tgan mavsum La Liga doirasida madridliklar ustidan 4:0 hisobida g'alaba qozongan edi. “Real” esa bu orada oktyabr oyidagi Ispaniya chempionatidan o'rin olgan bahsda 3:1 hisobida raqibidan ustun kelgan.

Kataloniyaliklar Robert Levandovski ishtirok etmagan 6 o'yinning barchasida g'alaba qozongan. Polshalik hujumchi jarohati sabab Ispaniya Kubogi yarim finalining dastlabki o'yinini o'tkazib yubordi.

Xavi va Karlo Anchelotti qarama-qarshiligida ispaniyalik mutaxassis ustun kelmoqda. Murabbiylar o'zaro 5 marta to'qnash keldi va shundan 3 tasida Xavi jamoasi (4:0, 3:1 va 1:0) g'olib bo'lgan. Ikkita o'yinda (2:3, 1:3) Karlo Anchelottining qo'li baland kelgan.

Xavi “Santyago Bernabeu” stadionida futbolchi hamda murabbiy sifatida 10-g'alabasini qo'lga kiritdi. Ispaniyalik mutaxassis 1998 yildan 2015 yilga qadar “Barselona” futbolchisi sifatida faoliyat olib borgan va 2021 yildan buyon “ko'k-anorranglilar”ning ustozi sifatida ishlab kelmoqda.

BestMaster
3 Mart 2023, 23:20
ispaniya, kubogi, yarim, finaldan, orin, olgan, «el-klasiko»dagi, raqamlar, faktlar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads