"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xolandning agenti Rafaela Pimenta o'z mijozi uchun Angliyadan tashqaridagi jozibali klubni aniqladi.
"Premer-liga bor, lekin "Real" ham bor. Unda ko'pchilik orzu qiladigan narsalar bor. "Real" sehrini saqlab qoladi. Haftalik kurash yo'q, lekin Chempionlar ligasi bor", - dedi futbolchining agenti Goal portaliga.