"Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo Ispaniya kubogining birinchi yarim finalida "Real"ni mag'lub etganidan keyin (1:0) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Oldingi ikki o'yindagi mag'lubiyatlarga qaramay, kayfiyatimiz joyida edi, bugun o'zimizni tiklay olganimizdan xursandman. Odatda bizda to'pga ko'proq egalik qilamiz, ammo bu uchrashuvda to'psiz ham jamoaviy o'yinda muvaffaqiyat qozona oldik.
Vinisius nimalarga qodirligini hamma biladi, lekin men ko'p mehnat qildim. Hammasi men xohlagandek bo'ldi", — dedi Arauxo.