Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior Ispaniya kubogi 1/2 finalining birinchi uchrashuvida “Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yongga qarshi qo'pol o'ynadi.
Niderlandiyalik futbolchi "qaymoqranglilar"ning bir nechta o'yinchisini chetlab o'tib, darvoza tomon "yurish" qildi, biroq Vinisius unga etib oldi va bo'ynidan ushlab, maydonga qulatdi. Hakam braziliyalik vingerga sariq kartochka ko'rsatdi va Vinisius bunga qat'iyan rozi bo'lmadi.