"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes "Santyago Bernabeu"da "Real"ga qarshi Ispaniya kubogi birinchi yarim finalida jamoasining himoyaviy uslubi haqida fikr bildirdi.
Eslatib o'tamiz, "ko'k-anorranglilar" Eder Militaoning avtogoli evaziga 1:0 hisobida minimal g'alabaga erishgan edi.
"Biz bunchalik chuqur himoyalanishni rejalashtirmagandik, biz to'pga uzoq vaqt egalik qilishni va kurashlarda g'olib qozonishni xohlagandik. Biroq, "Real" kabi yirik jamoalarga qarshi o'yinlarda uzoq vaqt ustunlik qilishning iloji yo'q", - dedi Xavi matbuot anjumanida.
Bir oydan so'ng "Kamp Nou"da Ispaniya kubogi yarim finalining javob uchrashuvi bo'lib o'tadi.