Angliya terma jamoasi va Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem faoliyatini davom ettirish uchun ustuvor variant haqida qaror qabul qildi.
Todofichajes nashrining yozishicha, 19 yoshli futbolchi ko'plab mumkin bo'lgan variantlardan “Real”ni tanlagan. O'z navbatida "qaymoqranglilar" ham futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Bellingemning nemis klubi bilan 2025 yilning iyun oyi oxirigacha tuzilgan shartnomasi bor. Transfermarkt portali futbolchining narxini 100 million evroga baholamoqda.
Germaniya chempionatining joriy mavsumida Jud 21 ta uchrashuvda ishtirok etib, 4 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.