«RB Leyptsig» va Germaniya terma jamoasi hujumchisi Timo Verner kelajakda grandlar safiga o'tishini ehtimoldan holi deb hisoblamayapti.
«Hozircha "Leyptsig"dagi ishlarim yaxshi. Ammo, 2-3 yil ichida nima yuz berishini bilmayman. Men katta klublardan birida o'ynamoqchiman.
"Bavariya" haqida o'ylamayapman. Ispaniyada „Barsa“, „Real“ va „Atletiko“ bor, Angliyada „Arsenal“, „Chelsi“, „Tottenhem“, „Liverpul“, „Man Yunayted“ va „Man Siti“. Balki „RB Leyptsig“ ham katta klublar safiga kirar...» - dedi Verner.