Kataloniyaning "Barselona" jamoasining himoyachisi Markos Alonso Ispaniya kubogi 1/2 finalining birinchi o'yinida Madridning "Real" jamoasi ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.
"Barselona" muhim g'alabaga erishdi va final sari qadam tashladi. Maqsadimizning yarmiga erishdik, ammo "Kamp Nou"da yana 90 daqiqa bor. Biz kontsentratsiyani yo'qotolmaymiz. Muxlislarimizning qo'llab-quvvatlashiga umid qilamiz", - dedi Alonso AS bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, "Santyago Bernabeu"da kechgan uchrashuv kataloniyaliklarning 1:0 hisobidagi minimal g'alabasi bilan yakunlandi. Qarama-qarshilikning javob uchrashuvi 5 aprel kuni Barselonadagi "Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tadi.