Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua Ispaniya kubogi yarim finalining birinchi o'yinida "Barselona"dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi. Uchrashuv 0:1 hisobida yakunlandi.
"Real" maydonda ustunlik qildi va yaxshi himoyalandi. Katta omadsizlik tufayli gol o'tkazib yubordi. Men seyv qildim, lekin to'p Ederga tegib qaytdi. "Barselona" nohaq g'alaba qozondi. Biz o'yinni nazorat ostida ushlab turdik, lekin o'z ustunligimizni golli vaziyatlarga aylantira olmadik", - dedi belgiyalik darvozabon AS bilan suhbatda.
Jamoalar o'rtasidagi javob o'yini 5 aprel kuni Barselonadagi "Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tadi.