«Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen «Real»ga qarshi Ispaniya kubogi 1/4 finalining birinchi o'yinida ishtirok etdi.
«Santyago Bernabeu»da bo'lib o'tgan uchrashuv 1:0 hisobida «ko'k-anorranglilar»ning g'alabasi bilan yakunlandi.
Bu o'yin nemis darvozaboni uchun «el-lasiko»dagi oltinchi «quruq» o'yin bo'ldi. Bu ko'rsatkich bo'yicha Ter Shtegen «qaymoqranglilar»ning afsonaviy darvozaboni Iker Kasilyasga etib oldi. Rekordchi «Barselona»ning sobiq darvozaboni Viktor Valdes bo'lib, ettita o'yinda darvozasidan gol o'tkazib yubormagan.
Kataloniya va Madrid jamoalari o'rtasidagi javob uchrashuvi 5 mart kuni «Kamp Nou»da bo'lib o'tadi.