Ispaniya kubogi nimchorak finalining dastlabki o'yinida «Real Madrid» «Santyago Bernabeu»da Kataloniyaning «Barselona» klubini qabul qildi.
Uchrashuv 1:0 hisobida «ko'k-anorranglilar»ning minimal hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuv taqdirini birinchi bo'limda himoyachi Eder Militao tomonidan kiritilgan avtogol hal qildi.
E'tiborlisi, «qirollik» klubi 1970 yildan buyon mamlakat kubogi doirasida o'z maydonida «ko'k-anorranglilar»ni mag'lub eta olmayapti.
O'shandan beri jamoalar «Santyago Bernabeu»da o'nta o'yin o'tkazgan va madridliklar hech qachon g'alaba qozona olmagan.