Ispaniya kubogining ½ finali doirasidagi "Real" va Kataloniyaning "Barselona" klublari o'rtasidagi birinchi o'yinda mehmonlar bosh murabbiyi Xavi Ernandes va mezbonlar himoyachisi Dani Karvaxal o'rtasida kichik mojaro kelib chiqdi.
Marca nashri xabariga ko'ra, Xavi madridliklarning Aleks Baldega qarshi qo'pol o'yinidan norozi bo'lgan. To'qnashuvlarning biridan keyin Xavi Karvaxal tomon yaqinlashdi va "Sen jinnisan!" - dedi. Bunga Dani nima deb javob berganini kameralar yozib olmagan.
O'yin “Barselona”ning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Javob o'yini 5 aprel kuni bo'lib o'tadi.