"Barselona" Ispaniya kubokning nimchorak finalining birinchi o'yinida "Real"ni minimal 1:0 hisobida mag'lub etdi. Ronald Arauxo o'yin haqida fikr bildirdi.
"Himoyada juda yaxshi o'ynadik. Buni o'yinning xarakteri talab qildi. Biz to'pga ega bo'lishni yaxshi ko'ramiz, lekin bugun biz undan voz kechishimiz kerak edi. Men har doim aytganman, o'tgan yildan keyin aynan himoyada eng ko'p qo'shishimiz kerak edi va bu sodir bo'layotgani aniq. Biz foydali hisobni saqlab qoldik va muhim g'alabani qo'lga kiritdik", - dedi Ronald Arauxo Kataloniya superklubi matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Yarim finalning javob o'yini 5 aprel kuni bo'lib o'tadi.