“Real” “Barselona” bilan o'yinni (0:1) raqib darvozasiga aniq zarba bermay yakunladi.
Karlo Anchelotti jamoasi Ispaniya kubogi nimchorak finalining birinchi o'yinida darvoza tomon 13 marta zarba yo'llagan, "blaugrana" esa bor-yo'g'i 4 marta zarba bergan. Shu bilan birga kataloniyaliklarning ikki zarbasi nishonga aniq borgan, madridliklar esa Ter Shtegenni bezovta qila olmadi.
"Real Madrid" oxirgi marta 2022 yilning 15 fevralida Chempionlar Ligasi doirasida "PSJ"ga qarshi o'yinni (0:1) aniq zarbalarsiz yakunlagan edi.