Bugun futbol olamining ashaddiy raqiblari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi. Gap Ispaniya kubogining 2022/23 yilgi mavsumi yarim finalidagi "Real Madrid" va "Barselona" o'rtasidagi birinchi o'yin haqida ketmoqda.
Turnir yo'li
Ikkala jamoa ham Ispaniya kubogini 1/16 final bosqichidan boshlashdi. "Real" yarim final yo'lida "Kasereno" (1:0), "Vilyarreal" (3:2) va "Atletiko" (3:1) bilan o'yinda g'alaba qozondi.
"Barselona" 1/16 finalda "Intersiti"ni mag'lub etdi (4:3), uchrashuv 120 daqiqaga cho'zildi. Keyin kataloniyaliklar "Sueta" (5:1) va “Real Sosedad”ni (1:0) mag'lub etishdi.
Real Madrid
1. "Real Madrid"da bor yo'g'i ikkita yo'qotish bor
"Real Madrid" tarkibidagi muammolar deyarli ortda qoldi, endilikda faqat Ferlan Mendi va David Alaba "qaymoqranglilar" lazaretida. Ularning yo'qligi yoqimsiz, lekin katta yo'qotish emas: Mendining o'rnini yaxshi formaga ega bo'lgan chap qanot himoyachisi Nacho Fernandes egallaydi, markaziy himoya esa Alabasiz ham yaxshi ko'rinishda - Antonio Ryudiger va Eder Militao bugungi o'yinda ishtirok eta oladi.
Shu bilan birga, "Atletiko Madrid" bilan chempionat o'yini boshida Luka Modrich va Orelen Tchuameni maydonga tushmadi - Karlo Anchelotti ikkala futbolchiga ham dam berdi, shu tufayli ular "El-Klasiko"ga ajoyib jismoniy shaklda yaqinlashmoqda. Shunday qilib, Anchelotti "Barsa" bilan o'yinga deyarli eng kuchli tarkibni tuzadi: yarim himoya va hujum optimal kombinatsiyalarda namoyon bo'ladi, "Real" esa himoyadagi yo'qotishlarga anchadan beri moslashgan.
2. "Real Madrid" o'z maydonida bu mavsumda mag'lub bo'lmadi.
"Real Madrid" safarda va neytral maydonlarda bu mavsumda juda ko'p xatoga yo'l qo'ydi: 23 uchrashuvda ular 17 g'alabaga erishdi, beshta mag'lubiyat alamini totib ko'rdi va bir marta durang o'ynadi. Ammo “Santyago Bernabeu”da madridliklar o'zini ancha ishonchli his qilmoqda: 15 uchrashuvda o'nta g'alaba, beshta durang. "Real" 1:3 hisobida mag'lub bo'lgan so'nggi "El-klasiko" neytral maydonda bo'lib o'tgan.
Barselona
1. "Barselona" Levandovski, Dembele va Pedri maydonga tushmaydi
"Barselona" yanvarni kuchli o'tkazdi, sakkizta o'yindan sakkiztasida g'alaba qozonib, Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritdi va "Real Madrid" ustidan peshqadamlikni davom ettirdi. Kataloniyaliklarning bunchalik barqaror o'yin ko'rsatishining sabablaridan biri ularning tarkibida yo'qotishlar bo'lmagani bo'ldi. Ammo vaziyat o'zgardi: "blaugranas" "Real" bilan to'qnashuvga Robert Levandovski, Usmon Dembele va Pedrisiz kelmoqda - uchalasi ham "ko'k-anorranglilar"ning asosiy ijrochilari hisoblanadi. Robert - eng yaxshi to'purar; Dembele - ikkinchi to'purar va assistent; Pedri uchinchi to'purar va maydon markazidagi eng muhim futbolchi, jamoada hujumda keskinlikni yaratuvchi asosiy futbolchi. Aynan Pedrining jarohati "Barselona"ning o'yini pasayishiga sabab bo'ldi: kataloniyaliklar avvaliga Evropa ligasidan chiqib ketishdi, umumiy hisobda “Manchester Yunayted”ga 3:4 hisobida mag'lub bo'lishdi, keyin esa "Almeriya"ga yutqazib, "Real"dan ancha oldinga o'tish imkoniyatini qo'ldan boy berishdi.
2. Arauxo - Vinisius mutaxassisi
Ronald Araujo allaqachon La Liganing eng yaxshi himoyachilaridan biri sanaladi. Urugvaylik yakkama-yakka kurashda yaxshi - Ronald haqiqiy atlet va tezkor, bu esa unga ko'plab kurashlarda g'alaba qozonish imkonini beradi. Shu bilan birga, Arauxo personal o'yinda ham yaxshi: "Real Madrid" bilan o'yinlarda u Vinisiusga qarshi personal o'ynadi va deyarli braziliyalikka imkon bermadi. Bu ham uchrashuvlar natijalariga tasir qildi - kataloniyaliklar har ikkala uchrashuvda ham g'alaba qozonishdi (4:0 va 3:1). Ammo Ronald jarohati tufayli o'tkazib yuborgan La liganingning birinchi davrasidagi qarama-qarshilikda "ko'k-anorranglilar" (1:3) hisobida mag'lub bo'lishdi. Xavi bo'lajak uchrashuvda yana shu usuldan foydalanishi mumkin.
Tahminiy tarkiblar
"Real" odatda 4-3-3 sxemasi bo'yicha o'ynaydi. Tarkibda faqat bitta majburiy almashtirish bo'ladi: Mendi va Alaba jarohati tufayli Nacho himoyaning chap qanotida o'ynaydi. Shuningdek, Anchelotti jarohatdan qutilgan Tchuamenini asosiy tarkibda maydonga tushirmasa kerak.
Kurtua; Karvaxal, Militao, Ryudiger, Nacho; Kamavinga, Modrich, Kroos; Valverde, Benzema, Vinisius.
Xavi o'z uslubiga sodiq qolishda davom etadi va 4-4-2 taktikasini tanlashi mumkin. Tezligi tufayli Albadan ko'ra ustunroq bo'lgan Alexandro Balde chap qanotda o'ynaydi, Arauxo esa o'ng qanotga o'tib, Vinisiusga qarshilik ko'rsatadi. Hujumda Levandovskini yo'qligi uchun ham o'zgarishlar bo'ladi: Ferran Torres forvard pozitsiyasida o'ynaydi, Rafinya esa unga yordamlashadi.
Ter Shtegen; Balde, Kristensen, Kunde, Arauxo; De Yong, Buskets, Gavi, Serji Roberto: Rafinya, Torres