Madridning “Real” klubi Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingemni transferi borasida bir qarorga kelmagan.
Diario AS nashri xabariga ko'ra, "qirollik klubi" birinchi navbatda Toni Kroos va Luka Modrichlarning kelajagi bilan shug'ullanmoqchi.
Yuqorida nomlari tilgan olingan futbolchilarning shartnomalari mavsum yakunida tugaydi, biroq ularning yangilanishi haqidagi qaror faqat mavsum oxirida qabul qilinadi. Agar Modrich va Kroos “Real”da qolsa, klub Bellingxemning transferidan voz kechishi mumkin.
Dortmundning "Borussiya" klubi yozda o'z futbolchisi uchun taxminan 150 million evro talab qiladi. 19 yoshli yarim himoyachi uchun kurashda “Liverpul” va “Manchester Siti” ham ishtirok etmoqda.