Krishtianu Ronaldu transferidan so'ng "An-Nasr"ning ijtimoiy tarmoqlaridagi faollik sezilarli darajada oshdi.
Ronaldu o'tganidan keyingi birinchi oyda Saudiya klubi "Tvitter" ijtimoiy tarmog'ida dunyoning eng kuchli 2 klubidan - faqat "Galatasaroy" va "Barselona"dan ortda qolmoqda. "An-Nasr"ning "Tvitter"da 12,5 million obunachisi bor.
"Instagram"da "An-Nasr" 150 million obunachi bilan 4-o'rinni egallab, faqatgina “Barselona” (203 million), "PSJ" (207 million) va “Real” (209 million) klublaridan ortda qolmoqda.