"Napoli" vingeri Xvicha Kvaratsxeliyaning agenti Mamuka Djugeli mijozining qaysi jamoaga muxlislik qilishi haqida gapirdi. Eslatib o'tamiz, gruziyalik futbolchi A Seriyadagi ilk mavsumidayoq 20 uchrashuvda 10 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
"Xvichaning otasi va men "Barselona"ni qo'llab-quvvatlaymiz, ammo futbolchining o'zi "Real" muxlisi. Men uni "Barselona"da ko'rishdan xursand bo'lardim, lekin uning istaklari butunlay boshqacha", - dedi futbolchining agenti.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Xvicha bolalikdagi kumirlari Krishtianu Ronaldu va Guti bo'lganini tan olgandi, ular turli vaqtlarda "Real" sharafini himoya qilganlar. Kvaratsxeliyaga hozircha "Liverpul" va "Manchester Siti" klublari qiziqish bildirishgan.