"Real Madrid" Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingemni qo'lga kirita olmagan taqdirda, "Selta" futbolchisi Gabri Veygaga e'tibor qaratadi.
20 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda "Selta"ning asosiy jamoasida to'laqonli futbolchiga aylandi. Futbolchi Ispaniya chempionatida 22 ta o'yinda 8 ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq Veyga xizmatlariga Angliya Premer-ligasining ikki klubi Londonning “Arsenal” va “Manchester Yunayted” klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.