Karlo Anchelotti "Real"ning Vinisius Juniorga qaramligidan xursand.
22 yoshli braziliyalik vinger joriy mavsumda klub uchun barcha turnirlarda 18 ta gol urdi va Karim Benzema bilan jamoaning eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi.
- Bu ijobiy jihat. U ba'zida o'yinlar natijasini bizning foydamizga o'zgartirib yuboradigan dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Bunga bog'liq bo'lish yaxshi.
- Kubok doirasida "Barselona"ga qarshi o'yinda Vinisius Arauxo bilan to'qnash keladi.
- Bu haqda Vinniga alohida hech narsa deya olmayman. Biz hech narsani o'zgartirmoqchi emasmiz.
To'g'ri, Arauxo juda kuchli himoyachi. Ular juda ajoyib duel o'tkazadi, umid qilamanki, Vini g'alaba qozonadi" - dedi "Real" bosh murabbiyi.