Ispaniya poytaxtida kuchli tomonlarini ko'rsata olmagan "Real"ning hujumkor yarim himoyachisi Eden Azar Evropani tark etib, faoliyatini okean ortida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Todofichajes xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, belgiyalik futbolchiga qiziqish MLSdan kelib tushgan. David Bekxemga tegishli "Inter Mayami" klubi futbolchini o'z safiga qo'shib olishga tayyor. Florida klubi Edenga yiliga olti million evro maosh oladigan 1+1 shartnoma taklif qilmoqchi.
Yarim himoyachining "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi. Uning transfer narxi 7,5 million evro.