"Sevilya"da o'ynay olmagan "Real"ning sobiq yarim himoyachisi Isko faoliyatini Ispaniyaning boshqa klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Todofichajes nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchini "Betis" o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Betis" klubi Iskoni jarohat olgan frantsiyalik Nabil Fekirga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Jarohati tufayli futbolchi joriy mavsum oxirigacha safdan chiqdi.
Isko dekabr oyidan beri erkin agent bo'lib turibdi. Yarim himoyachi joriy mavsumda 12 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.