"Barselona" hujumchisi Ansu Fati jamoaning umumiy mashg'ulotlariga qaytdi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Xavi Ernandes jurnalistlar bilan suhbatda aytib o'tdi.
"Ansuda hammasi joyida. Uning jarohati bor edi, lekin hozir hammasi joyida. U jamoadoshlari bilan umumiy guruhda shug'ullandi. Ansu maydonga tushishga tayyor", - dedi Xavi Football-Espana bilan suhbatda.
"Barselona" Ispaniya kubogi yarim finalida "Real"ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadi va 3 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.
20 yoshli hujumchi joriy mavsumda La Ligada 21 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.