Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Toni Kroos "PSJ" klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining FIFA talqini bo'yicha yilning eng yaxshi futbolchisi nominatsiyasidagi g'alabasiga munosabat bildirdi.
"Jahon chempionati sovrinlar haqida gap ketganda har doim muhim rol o'ynaydi. Oxirgi jahon chempionatida Messi ko'zga ko'ringan futbolchi edi, shuning uchun uning g'alabasi syurpriz bo'lmadi", - dedi Kroos Einfach mal Luppen bilan suhbatda.
35 yoshli Messi joriy mavsumda "PSJ" safida 28 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, Argentina terma jamoasi 2022 yilda jahon chempioni bo'lgandi va Messi turnirning eng yaxshi futbolchisi sifatida e'tirof etilgandi.