"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ispaniya kubogi doirasida "Real"ga qarshi safar o'yini oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Santyago Bernabeu"ga sayohat men uchun doim qiziqarli bo'lgan. Men o'ynashni xohlayman, juda xohlayman. Bu ajoyib tuyg'u, shuning uchun men o'z futbolchilarimga rohat olishlarini aytaman" - dedi Xavi matbuot anjumanida.
"Real" – "Barselona" uchrashuvi 3 mart, juma kuni bo'lib o'tadi. "Santyago Bernabeu"dagi o'yin Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi. Yarim final javob o'yini esa bir oydan keyin bo'lib o'tadi.
"Real" va "Barselona" oxirgi marta yanvar oyida o'zaro to'qnash kelishgan. O'shanda Ispaniya Superkubogi finalida kataloniyaliklar (3:1) hisobida g'alaba qozonishgandi.