Madridning “Real” klubi o'z yarim himoyachisi Luka Modrich bilan yangi shartnoma borasida hali muzokaralarni boshlamadi.
Jurnalist Mario Kortexananing ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, “qirollik klubi” xorvatiyalik yarim himoyachi bilan hamkorlikni uzaytirish masalasini muhokama qilish uchun hozircha bog'lanmagan.
Manbaga ko'ra, Modrich "Real" bilan shartnomasini uzaytirmasa, xorvatiyalik futbolchining faoliyatini davom ettirishi uchun ayni damda Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi varianti bo'lib turibdi.
Hozir "Real" Modrich bilan muzokaralardan ma'no ko'rmayapti, chunki jamoa barcha sovrinlar uchun kurash bilan band.