Madridning “Atletiko” klubi himoyachisi Reynildu Mandava “Real”ga qarshi kechgan derbida olgan jarohati tufayli safdan chiqdi.
Oldinroq mozambiklik futbolchi o'ng tizzasidagi oldingi xoch bog'lami yirtilgani sababli, Diego Simeonega futbolchidan besh oydan olti oygacha foydalana olmasligi xabar qilingandi.
Mundo Deportivo nashrining xabariga ko'ra, operatsiyadan so'ng shifokorlar Reynilduning ikkala menisklari shikastlangani sababli tiklanishi 7 oydan 8 oygacha davom etishi haqida xulosa chiqarishgan.
Eslatib o'tamiz, mozambiklik futbolchi o'tgan qishda "Lill"dan "Atletiko"ga ko'chib o'tgan edi. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Reynildu hisobida 22 ta o'yin bor.