Madridning "Real" klubi The Best marosimi natijalaridan norozi bo'ldi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma'lum qilishicha, "qirollik klubi" vakillari o'tgan mavsumda "qaymoqranglilar" Chempionlar Ligasi, La Liga va Evropa Superkubogida g'oliblikni qo'lga kiritgan bo'lsa-da, nominatsiyalar bo'yicha g'oliblarni aniqlashda o'z jamoasi futbolchilari e'tiborga olinmaganidan qoniqmagan.
Eslatib o'tamiz, yilning eng yaxshi futbolchisi deb Frantsiyaning "PSJ" klubi vakili Lionel Messi tanlagan edi. Eng yaxshi darvozabon mukofoti uning hamyurti Emiliano Martinesga, eng yaxshi murabbiy sovrini esa Lionel Skaloniga topshirildi.